Yangilik

Navro'z bayrami kunlarida avtobuslarning ish jadvali tasdiqlandi

19.03.2024

News Image

Transport kompaniyasi 21-24 mart kunlari yo'lovchi avtobuslarining ishlash tartibi haqida gapirildi.

"Toshshahartransxizmat" AJ 21-24 mart kunlari dam olish kunlari tashkil etilishi munosabati bilan ushbu kunlarda avtobus yo'nalishlari faoliyati quyidagicha tashkil etilishini ma'lum qildi:

- 21-mart, payshanba-ishlamaydigan bayram. Avtobuslar yakshanba jadvali bo'yicha ishlaydi;

- 22-mart, juma-qo'shimcha dam olish kuni. Avtobuslar yakshanba jadvali bo'yicha ishlaydi;

- 23-mart, shanba-qo'shimcha dam olish kuni. Avtobuslar yakshanba jadvali bo'yicha ishlaydi;

- 24-mart, yakshanba-taqvim bo'yicha dam olish kuni. Avtobuslar yakshanba jadvali bo'yicha ishlaydi.