Публичная оферта

“E-OBUNA” Yagona elektron platformasi orqali davriy bosma nashrlarga obuna uyushtirish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ommaviy oferta

  • Mazkur Ommaviy oferta O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 367–369-moddalariga muvofiq “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyatining (keyingi o‘rinlarda - Yetkazib beruvchi) hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 294-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining 262-sonli qaroriga muvofiq Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Yagona integrator UZINFOCOM MChJning (Keyingi o‘rinlarda – Platforma operatori) obuna mahsuloti obuna uyushtirish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha obuna shartnomasini tuzishga rasmiy ommaviy taklifi hisoblanadi.
  • Yetkazib beruvchi hamda Platforma operatori obuna mahsuloti obuna uyushtirish xizmatlarini ko‘rsatish uchun fuqarolik-huquqiy munosabatlar sub’ekti (keyingi o‘rinlarda - Obunachi) bilan muayyan xizmatlarini ko‘rsatish haqida ushbu ommaviy oferta/shartnomada ko‘rsatilgan shartlarda (doirasida) obuna shartnomasini tuzadi. Obunachi bilan tuziladigan obuna mahsuloti obuna uyushtirish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha obuna shartnomasi (keyingi o‘rinlarda – Obuna shartnomasi) mazkur Ommaviy ofertaning ajralmas qismi hisoblanadi.
  • Yetkazib beruvchi hamda Platforma operatori o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari asosida amalga oshiradi.
  • Mazkur Ommaviy oferta Internet tarmog‘idagi: www.e-obuna.uz Yagona elektron platformasiga (keyingi o‘rinlarda – Platforma)joylashtirilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi va rasmiy e’lon qilingan saytda uning bekor qilinishi haqida xabar berilguniga qadar amal qiladi.
  • Yetkazib beruvchi hamda Platforma operatori mazkur Ommaviy oferta shartlariga o‘zgartirish kiritish huquqini mazkur Ommaviy ofertada o‘rnatilgan tartibga muvofiq, o‘zida saqlab qoladi. Mazkur Ommaviy oferta shartlari Yetkazib beruvchi hamda Platforma operatoriga murojaat etgan barcha fuqarolik-huquqiy munosabatlar sub’ektlari uchun yagona hisoblanadi.
  • Mazkur Ommaviy oferta Yetkazib beruvchi, Platforma operatori va Obunachilar o‘rtasida tuzilgan shartnoma (kelishuv) asosida taqdim etiladigan obuna mahsuloti obuna uyushtirish xizmatlarini tashkil qilish, shuningdek, xizmatlarni ko‘rsatish tartibi, shartlari hamda sub’ektlarning javobgarligi, huquq va majburiyatlarini belgilaydi.

1. ATAMALAR VA IZOHLAR

  • 1.1. Ushbu oferta/shartnomada quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
  • Obuna mahsuloti obuna uyushtirish – davriy bosma nashrlarga obuna uyushtirish va obunachi ko‘rsatgan manzil bo‘yicha yetkazib berish
  • Obuna katalogi – O‘zbekiston Respublikasida chop etiladigan davriy bosma nashrlar nomlarining belgilangan tartibda tuzilgan ro‘yxati.
  • Obunachi – davriy bosma nashrlarga obuna bo‘lgan jismoniy shaxs.
  • Yetkazib beruvchi (tarqatuvchi) – davriy bosma nashrlari tahririyati bilan shartnomaga ko‘ra davriy bosma nashrlarini obuna bo‘yicha tarqatish xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs.
  • Platforma operatoridavriy bosma nashrlari tahririyati bilan shartnomaga ko‘ra davriy bosma nashrlarini obuna bo‘yicha tarqatish xizmatlarini ko‘rsatuvchi hamda elektron platformani uzluksiz ishlashiga va mazkur platformadagi mummolarni bartaraf etuvchi yuridik shaxs.
  • Platforma – davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlariga masofadan turib elektron tarzda obunani tashkil etish uchun ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi, boshqa tegishli vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari, shuniundek, to‘lov tizimi operatorlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan dasturiy ta’minot.
  • 1.2. Davriy bosma nashrlarini tarqatish ularga obuna bo‘lishni tashkil qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

2. OMMAVIY OFERTA PREDMETI

  • 2.1. Yetkazib beruvchi, Obunachining talabiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasida chop etiladigan, Obuna katalogiga kiritilgan obuna mahsuloti (keyingi o‘rinlarda – obuna mahsuloti) obuna rasmiylashtirish va yetkazib berish majburiyatini oladi, Obunachi bo‘lsa tovarni qabul qilish va ushbu oferta/shartnoma shartlarida nazarda tutilgan shartlar va tartibda obuna mahsuloti hamda yetkazib berish xizmati uchun to‘lash majburiyatini oladi.
  • Ushbu oferta/shartnoma doirasida obuna mahsuloti deganda davriy bosma nashrlar - gazeta, jurnal yoki doimiy nom, joriy raqamga ega bo‘lgan va yiliga kamida bir marta chop etiladigan boshqa nashr tushuniladi.
  • 2.1.1. Internet orqali obuna jismoniy shaxslardan respublika davriy bosma nashrlariga, www.e-obuna.uz Yagona elektron platformasi orqali qabul qilinadi.
  • 2.1.1. Internet orqali obuna jismoniy shaxslardan respublika davriy bosma nashrlariga, www.e-obuna.uz Yagona elektron platformasi orqali qabul qilinadi.
  • 2.1.2. Obunachi internet-obunani rasmiylashtirish uchun Platformada joylashtirilgan “Platformadan foydalanish tartibi” qo‘llanmasiga (keyingi o‘rinlarda – Qo‘llanma) muvofiq, Shaxsiy kabinetga o‘tib, obuna mahsulotini tanlashi va Platformada so‘ralgan ma’lumotlarni kiritishi, obuna davri va nashr turini tanlashi lozim.
  • Nashr nomi tanlanganda avtomatik tarzda obuna bo‘lish oylari kataklari chiqadi va obunachi tomonidan obuna bo‘lish kataklari belgilanadi. Nashrning obuna narxi avtomatik tarzda chiqadi.
  • Internet-obuna shakllari obunachi tomonidan aniq (tushunarli) qilib, qisqartirishlarsiz, keltirilgan qo‘llanmasida ko‘rsatilgan shartlarga muvofiq to‘ldirilishi lozim.
  • Barcha ma’lumotlar kiritilgandan keyin “Savatga qo‘shish” tugmasi bosilganda, buyurtma “savatcha”ga qo‘shiladi, shuningdek, ushbu “savatcha” ga boshqa nashrlarni ham qo‘shish mumkin.
  • “Savatcha” tugmasi bosilganda, ushbu bosqichda tanlangan nashrlarning varaqasi ekranga chiqadi. Obuna buyurtmasi shakllanadi, to‘lovni amalga oshirish uchun “To‘lov” tugmasi bosiladi. To‘lovlar “O‘zbekiston pochtasi” AJ bilan shartnoma asosida to‘lovlarni qabul qiluvchi hisob-to‘lov tizimi shunigdek, boshqa bosma nashrlarning gazeta/jurnallari uchun boshqa to‘lov operatorlari tizimi orqali amalga oshiriladi.
  • 2.1.3. Platforma orqali obuna uchun to‘lov jismoniy shaxslardan shaxsiy bank plastik kartasi bo‘yicha hisob-to‘lov tizimi orqali onlayn amalga oshiriladi.
  • 2.2. Ushbu oferta/shartnoma bo‘yicha tovarlar o‘lchov birligi sifatida kalendar oy ichida chiqadigan bir obuna mahsulotining tovarlar partiyasi tushuniladi.
  • 2.3. Obuna mahsulotlari va xizmatlarning aniq nomi, narxi va boshqa paramertlari shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan buyurtmanomaga asosan belgilanadi. Obuna mahsulotlari partiyasining narxi ushbu oferta/shartnomaning butun muddati uchun belgilanadi va buyurtmanomada ko‘rsatiladi.
  • 2.4. Mazkur oferta/shartnoma bo‘yicha obuna mahsulotlarini yetkazib berish muddati buyurtmanomada ko‘rsatiladi.
  • 2.5. Yetkazib beruvchi obuna mahsuloti chop etilgan kundan boshlab tovarni “Obunachi”ga qisqa vaqt ichida yetkazib berish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishni o‘z zimmasiga oladi.
  • 2.6. Oferta/shartnoma bo‘yicha hisobot davri 1 (bir) kalendar oy.

3. TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI

  • 3.1. Yetkazib beruvchining majburiyatlari:
  • 3.1.1. Tovarni Obunachiga shartnomada belgilangan tartibda va muddatlarda yetkazib beradi.
  • 3.1.2. Obunachiga hisobot davrida yetkazib berilgan tovar partiyalari va yetkazib berish xizmati uchun o‘rnatilgan tartibda hisob-faktura taqdim qiladi.
  • 3.1.3. Tovarlarni nashriyot tomonidan belgilangan chiqish davriyligiga muvofiq yetkazib beradi. Tovarlarni yetkazib berish Yetkazib beruvchi tomonidan ish kunlari amalga oshiriladi.
  • 3.1.4. Obunachidan tovarni topshirish qabul qilishda miqdori va sifati bo‘yicha farq haqida dalolatnoma taqdim qilinganda, Yetkazib beruvchi qonun hujjatlarida belgilangan muddatda “Obunachi”ning huquqiy talablarini bajaradi.
  • 3.1.5. Hisobot oyi davomida qonun hujjatlari talablariga muvofiq tovarlarni o‘rnatilgan tartibda yetkazib berilishi bilan bog‘liq Obunachining talablarini bajaradi.
  • 3.1.6. Obunachi tomondan nuqsonli yoki yaroqsiz tovarlar aniqlangan taqdirda, pochta bo‘linmasiga murojaat qilgan holda almashtirib berish talab qilinganda, so‘rov taqdim etilgan kundan boshlab 20 kun ichida amalga oshiriladi.
  • 3.1.7. Obunachi tomonidan Platforma orqali qayta manzillaganida o‘zgartirilgan manzil bo‘yicha jurnal/gazetalarni yetkazib berishi lozim.
  • Quyidagilarga obunani qayta manzillash amalga oshirilmaydi: - gazetalarga, agar obuna muddati tugashiga bir oydan kam vaqt qolgan bo‘lsa - jurnallarga: 1) yiliga 12 va undan ortiq soni chiqadigan jurnallarga, obuna muddati tugashiga ikki oydan kam vaqt qolgan bo‘lsa; 2) yiliga 12 tadan kam soni chiqadigan jurnallarga, obuna muddati tugashiga uch oydan kam vaqt qolgan bo‘lsa;
  • Davriy bosma nashrlarni yangi manzil bo‘yicha yetkazib berish, pochta aloqasi obyektiga obunani qayta manzillash to‘g‘risida ariza berilgan kundan boshlab:
  • - gazetalar bo‘yicha: 1) pochta aloqasi obyekti (aloqa bo‘limi) xizmat ko‘rsatadigan zona doirasida bir yetkazib berish uchastkasidan boshqa yetkazib berish uchastkasiga – keyingi kundan boshlab; 2) pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bog‘lamasi) xizmat ko‘rsatadigan zona doirasidagi bir aloqa bo‘limidan boshqa aloqa bo‘limiga – besh kundan keyin; 3) pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bog‘lamasi) xizmat ko‘rsatadigan zonadan tashqaridagi yetkazib berish uchastkasiga – keyingi oydan boshlab, agar ariza joriy oyning 15 sanasigacha topshirilgan bo‘lsa;
  • - jurnallar bo‘yicha: 1) yiliga 12 va undan kam jurnal sonlari chiqqanda – obunachining avvalgi manzili bo‘yicha yetkazib berilgan jurnal sonidan keyingisidan boshlab; 2) yiliga 12 tadan ko‘p jurnal soni chiqqanda – gazetalar uchun ko‘zda tutilgan muddatlarda yetkazib beriladi;
  • 3.1.8. Obunachi davriy bosma nashrlarga obunani bekor qilish (bundan keyin – obunani bekor qilish) va olinmagan davriy bosma nashrlar qiymatini olish xuquqiga ega. Obuna: - obunachining arizasiga ko‘ra; - davriy bosma nashrni chop etish to‘xtatilganda, bekor qilinadi.
  • 3.1.8.1. Obunachi obunani bekor qilish to‘g‘risidagi arizani davriy bosma nashrlarni yetkazib beruvchi pochta aloqasi obyektiga beradi. Obunani bekor qilish quyidagi muddatlarda: - obunachi arizani joriy oyning beshinchi sanasigacha taqdim etganda – keyingi oyning birinchi sanasidan; - obunachi arizani joriy oyning beshinchi sanasidan keyin taqdim etganda – keyingi oydan keyingi oyning birinchi sanasidan amalga oshiriladi.
  • 3.1.8.2. Obuna bekor qilinganda, olinmagan davriy bosma nashrlar qiymati obunachiga obunani qabul qilgan pochta aloqasi obyekti (pochtamt, pochta aloqasi bog‘lamasi) tomonidan: - obunachining obunani bekor qilish to‘g‘risidagi arizasiga ko‘ra, ariza berilgan kundan boshlab besh kun ichida; - davriy bosma nashr chop etilishi to‘xtatilganda – tahririyatdan maʼlumot olingan kundan boshlab bir oy ichida qaytariladi.
  • 3.2. Yetkazib beruvchining huquqlari:
  • 3.2.1. Ushbu oferta/shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini sifatli bajarish uchun shartnoma bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha axborot va boshqa ma’lumotlarni Obunachidan og‘zaki yoki yozma ko‘rinishda oladi.
  • 3.3. Obunachining majburiyatlari:
  • 3.3.1. Yetkazib berilgan tovarni qabul qilish yoki qabul qilishdan bosh tortishi sabablarini 2 kun ichida yozma asoslaydi.
  • 3.3.2. Ushbu oferta/shartnoma shartlariga muvofiq tovar va yetkazib berish xizmatlari uchun to‘lovni amalga oshiradi.
  • 3.3.3. Agar tovar Obunachining pochta qutisiga yetkazib berilishi lozim bo‘lsa Yetkazib beruvchiga Obunachi pochta qutisining raqami va joylashgan joyini ma’lum qilinadi.
  • 3.4. Obunachining huquqlari:
  • 3.4.1. Tovarlarni olgandan so‘ng, nuqsonlar aniqlanganda o‘zining xohishiga ko‘ra quyidagilardan birini talab qiladi: - buyurtmaning narxini nuqsonli tovar narxiga mutanosib ravishda kamaytirish; - xuddi shunday, lekin nuqsonsiz tovar bilan almashtirish; - nuqsonli tovar uchun to‘langan mablag‘larni qaytarib olish;
  • 3.4.3. Mazkur oferta/shartnomaning 3.4.1-bandida belgilangan talablar Obunachining tegishli talabnomasi berilgan kundan boshlab 20 kundan kechiktirmay bajariladi.
  • 3.4.4. Tovarlar yetkazib berilmagan taqdirda, Obunachi quyidagilardan birini tanlash huquqiga ega: - yangi yetkazib berish sanasini belgilash; - nuqsonli tovar uchun to‘langan mablag‘larni qaytarib olishni talab qilish. Bu talablar Obunachining tegishli talabnomasi berilgan kundan boshlab 20 kundan kechiktirmay bajariladi.
  • 3.4.5. Obunachi tomonidan Platformasi orqali gazeta/jurnallarni yetkazib berish joyini 3.1.7-bandidagi talablarga asosan qayta manzillash huquqiga ega
  • 3.4.6. Obunachi gazeta/jurnallar uchun bo‘lgan obunani 3.1.8-bandidagi talablarga asosan bekor qilish huquqiga ega.
  • 3.5. Platforma operatorining majburiyatlari:
  • 3.5.1. Platformanining uzluksiz ishlab turishini 2026 yil 1 yanvarga qadar ta’minlash;
  • 3.5.2. Platformadagi uchragan texnik muammolarni hal etish;
  • 3.5.3. Obunachilarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 294-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining 262-sonli qarorlarida keltirilgan nashr yo‘nalishlari bo‘yicha keshbeklarni obunachilarga qaytarish;
  • 3.5.4. Bosma nashrlarning taqdim etgan Gazeta jurnallar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Platformaga joylash va keraksiz bo‘lgan hamda aktualligini yo‘qotgan ma’lumotlarni Bosma nashrlar talabiga asosan o‘chirish;
  • 3.6. Platforma operatorining huquqlari:
  • 3.6.2. Platforma operatori obunachilarning bosma nashrlarga obuna bo‘lganidan keyin uni yetkazib berishga, obunachiga xisobot berishga, Gazeta/jurnallarning butligiga va boshqa tashkiliy masalalarga javobgar xisoblanmaydi.

4. SHARTNOMA NARXI, HISOB-KITOBLAR TARTIBI

  • 4.1. Oferta/shartnomaning umumiy summasi Obunachi taqdim etgan buyurtmanomaga muvofiq belgilanadi.
  • 4.2. Tovar narxi va yetkazib berish xizmati Yetkazib beruvchi tomonidan belgilanadi va buyurtmanomada ko‘rsatiladi hamda ushbu shartnomaning amal qilish davrida o‘zgartirilmaydi.
  • 4.3. Obunachi, Yetkazib beruvchiga to‘lovlarni quyidagi tartibda amalga oshiradi:
  • - ushbu shartnomaning 100% miqdoridagi avans Platforma orqali bank plastik kartasini kiritadi va to‘lovni amalga oshiradi. To‘lov amalga oshirilgandan keyin ushbu shartnoma tuzilgan hisoblanadi va to‘lov qilinganligi to‘g‘risida chek taqdim etiladi va uni ko‘chirib olish imkoni bo‘ladi.
  • 4.4 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 262-son Qaroriga muvofiq Platforma orqali davriy bosma nashrlarga obuna xarajatlarning bir qismini qaytarish quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi, reklama xususiyatiga ega bo‘lgan va quyida keltirilmagan davriy bosma nashrlar bundan mustasno:
  • - ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy, huquqiy, ilmiy-ommabop davriy bosma nashrlar – obuna narxining 10 foiz miqdori; - bolalar uchun mo‘ljallangan davriy bosma nashrlar – obuna narxining 20 foiz miqdori.
  • Obunachi tomonidan xarid qilingan Gazet/Jurnallarning narxidan bir qismi to‘lovi Platforma egasi tomonidan belgilanadigan bank orqali chek ro‘yhatdan o‘tkazilgandan so‘ng obunachining bank kartalariga bir oy muddatda o‘tkazib beriladi (qaytariladi).
  • Vakolatli bank Obunachiga qaytariladigan keshbek summasining 1 foizi miqdorida xizmat haqi (komissiya) oladi.
  • 4.5. Davriy bosma nashrlarga obuna xarajatlarining bir qismini qaytarish faqat mazkur Ofertaning 4.4 bandida keltirilgan mahsulotlar uchun qo‘llaniladi.
  • 4.6. Platforma orqali davriy bosma nashrlarga obuna xarajatlarining bir qismini qaytarish bo‘yicha hisob-kitob davri bir oy etib belgilanadi. Bunda, obunachi davriy bosma nashrlarga bir oydan ko‘p muddatga obuna bo‘lgan taqdirda, obuna muddati tugagunga qadar, hisob-kitob har oyda amalga oshiriladi.
  • 4.7. Bekor qilingan obuna buyurtmasi uchun mablag‘lar obunani bekor qilish bo‘yicha so‘rov yuborilgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida davriy bosma nashr tahririyatlari, noshirlik va matbaa tashkilotlari tomonidan obunachining bank kartasiga yoki elektron hamyonga (koshelyok) qaytariladi yoxud to‘lovchining tijorat bankidagi joriy hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Mablag‘larni joriy hisobvaraqqa o‘tkazishda ariza bank rekvizitlari ko‘rsatiladi va mablag‘ qaytarilganligi obunachining tizimdagi shaxsiy kabinetida hisobvaraqqa yuborilgan chek orqali tasdiqlanadi.
  • 4.8. Mazkur Ofertaning davriy bosma nashrlarga obuna xarajatlarining bir qismini qaytarish bilan bo‘g‘liq qoidalar 2026 yil 1-yanvarga qadar amal qiladi.

5. OBUNA MAHSULOTLARINI YETKAZIB BERISH VA QABUL QILISH TARTIBI

  • 5.1. Obuna mahsulotlarini Yetkazib beruvchining hududiy (tarkibiy) korxonalari (bo‘linmalari) tomonidan oferta/shartnomaga asosan quyidagi manzillardan biri bo‘yicha yetkazib beriladi:
  • - Obunachi taqdim etgan manzilga, agar ushbu manzilda obunachi tomonidan qabul qilib oluvchi mavjud bo‘lmasa, tovarlar ushbu ko‘rsatilgan manzildagi binoda joylashgan pochta qutisida yoki kirish eshigi oldida qoldiriladi. - Obunachi o‘zi olib ketish sharti bilan Obunachi manzilga xizmat ko‘rsatuvchi aloqa bo‘limiga.
  • 5.2. Tovarni yetkazib berish usuli Obunachi tomonidan shartnoma tuzilgan vaqtda belgilanadi va buyurtmanomada ko‘rsatiladi.
  • 5.3. Tovarni yetkazib berish Yetkazib beruvchi tomonidan yoki Yetkazib beruvchi nomidan uchinchi shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Tanlangan yetkazib berish usuli bo‘yicha yetkazib berish xarajatlari tovar bahosiga kiritiladi.
  • 5.4. Yetkazib beruvchi tovarni nashriyotdan yoki tovar chiqaradigan boshqa shaxsdan olingan paytdan boshlab obuna mahsulotlarining chop etilish chastotasini hisobga olgan holda “Obunachi”ga yetkazib beradi.
  • 5.5. Ikki ish kuni ichida Obunachi, Yetkazib beruvchi tomonidan yuritilgan hujjatlarini ko‘rib chiqadi va yetkazib berilgan tovarlar miqdori bo‘yicha e’tiroz bo‘lmasa, o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiradi va Yetkazib beruvchiga qaytaradi. Yetkazib berilgan tovarning miqdori yoki sifatiga e’tiroz bo‘lsa, Obunachi hujjatlarga imzo chekishdan bosh tortishga va aniqlangan nomutanosibliklar to‘g‘risida dalolatnoma tuzishga haqli. Agar Obunachidan belgilangan muddatda asosli e’tirozlar olinmasa, hisobot oyi uchun mahsulot Obunachi tomonidan izohsiz qabul qilingan deb hisoblanadi.
  • 5.8. Agar Obunachi belgilangan muddatda Yetkazib beruvchiga yozma talabnoma taqdim qilmagan bo‘lsa, Yetkazib beruvchi tomonidan taqdim qilingan hujjatlarni imzolashdan bosh tortishga haqli emas.

6. MAHSULOT SIFATI VA QADOQLASH

  • 6.1. Mahsulot yetkazib beriladigan qadoqlash mahsuloti ishlab chiqaruvchi nashriyot tomonidan belgilanadi va amalga oshiriladi.
  • 6.2. Tomonlar Obunachiga topshirilgan tovardan maqsadga muvofiq foydalana olmaslikka olib kelgan yaqqol nuqsonlarga ega bo‘lgan hollarni tovarlarni qadoqlash shartlari buzilishi deb hisoblashga kelishib oladilar.

7. MAHFIYLIK

  • 7.1. Taraflar bitimni bajarish chog‘ida muayyan axborotning maxfiy xususiyatini boshqa tomonga majburiy xabardor qilgan holda bir tomonlama aniqlashga haqli.
  • 7.2. Taraflar boshqa tarafning oldindan yozma roziligisiz boshqa tarafning kelishuviga binoan olingan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi, uchinchi shaxslarga o‘tkazishi yoki o‘z maqsadlari uchun foydalanishi mumkin emas.
  • 7.3. Maxfiy deb tasniflangan vaqtda u allaqachon uchinchi shaxslar yoki ommaviy axborot vositalari tomonidan tarqatilgan yoki ochiqlangan taqdirda, tomonlar javobgar bo‘lmaydi.
  • 7.4. Ushbu bo‘limda belgilangan shartlar shartnoma muddati davomida ham, kelishuv bekor qilingan kundan boshlab 3 (uch) yil mobaynida ham tomonlar uchun har qanday sababga ko‘ra majburiydir.
  • 7.5. Platforma Maʻmuriyati foydalanuvchi parolni yoʻqotib qoʻygan yoki bu maʻlumotni bila turib oshkor qilgan taqdirda uchinchi shaxslarning Qayd yozuviga ruxsatsiz kirishi uchun javobgar emas. Foydalanuvchi oʻz login va parolining xavfsizligi uchun mustaqil javobgar boʻladi va ularni uchinchi shaxslarga oʻtkazish yoki taqdim etishga haqli emas. Platformada Foydalanuvchiga tegishli foydalanuvchi nomi va paroldan foydalangan holda bajarilgan barcha harakatlar Foydalanuvchi tomonidan bajarilgan hisoblanadi.

8. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI

  • 8.1. Tomonlar ushbu oferta/shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga va ushbu shartnomaga muvofiq javobgardirlar.
  • 8.2. Yetkazib beruvchi obuna mahsulotlarini chiqishi to‘xtatilishi yoki vaqtincha to‘xtatib turilishi, kechikishi, shuningdek taxririyat tomonidan bir tomonlama obuna mahsulotlarining chiqish davriyligi o‘zgarganligi, belgilangan muddatda chiqarilmasligi va soni yoki sifat tasniflari o‘zgartirilganligi bilan bog‘liq majburiyatlarni bajarish imkonsiz hollarda javobgar emas.
  • 8.3. Yetkazib beruvchi tovarning mazmuni, shakli yoki boshqa mazmuni uchun “Obunachi” oldida javobgar emas.
  • 8.4. Tovar parametrlari (shakl, mazmun, obuna mahsulotlarining chiqish davriyligi yoki mahsulot chiqarishni kechiktirish) o‘zgarganda, Obunachi bevosita tahririyatga yoki obuna mahsulotlarini chiqarayotgan shaxsga da’vo qilish huquqiga ega.
  • 8.5. Yetkazib beruvchi, Obunachining obuna mahsulotlari olinmaganligi yoki to‘liq olmaganligi uchun javobgardir va 20 kun ichida Obunachi tomonidan qabul qilinmagan mahsulotni yetkazib berish bo‘yicha Obunachi”ning huquqiy talablarini bartaraf etadi.
  • 8.6. Ushbu oferta/shartnomaning 7.6-bandiga muvofiq Yetkazib beruvchining tovar yetkazib berish talablarini buzganligi bilan bog‘liq da’volari Obunachi tomonidan tovar yetkazib berilgan 20 kun ichida taqdim etilishi kerak. Bunday da’volar bo‘lmagan taqdirda, Yetkazib beruvchi, Obunachining hisobot davrida tovar yetkazib berish tartibini buzish bilan bog‘liq da’volarini qabul qilmaydi va javobgarlikdan ozod qilinadi.
  • 8.7. To‘lov shartlari, shu jumladan, avans to‘lovini ushbu shartnoma doirasida amalga oshirmaganlik uchun Obunachi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
  • 8.8. Agar tomonlardan biri ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning bajarilmasligi yoki lozim darajada bajarilmasligi ikkinchi tomonning aybi tufayli sodir etilganligini isbotlasa, javobgarlikdan ozod etiladi.
  • 8.9. Obunachi tomonidan nashrlarni yetkazib berish manzillari, telefon raqami noto‘g‘ri ko‘rsatilgan bo‘lsa, yetkazib berilmagan nashrlar uchun Yetkazib beruvchi javobgar bo‘lmaydi.
  • 8.10. Ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarayotganda tomonlar, ularning filiallari, xodimlari hamda vositachilarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita korrupsiya alomatlari kuzatilishi, tijoriy korrupsiya, mansab mavqeidan foydalanish, shuningdek huquqni buzuvchi harakatlarni amalga oshirmaslik majburiyatini oladilar.
  • 8.11. Agar shartnoma bo‘yicha bir Taraf axloqqa to‘g‘ri kelmaydigan va ushbu shartnoma yoki O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid keladigan xatti-harakatlariga, shu jumladan, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etishga majburlashdan iborat faktlarga duch kelsa, bu haqda quyidagi aloqa kanallaridan biri orqali xabardor qilishi kerak:
  • Ishonch telefoni: 71 233 0834 , Elektron pochta: info.matbuot@pochta.uz

9. OMMAVIY OFERTA MUDDATI. UNI O‘ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH

  • 9.1. Oferta/shartnomaga har qanday o‘zgartish va qo‘shimchalar yozma ravishda kiritilib, taraflarning tegishlicha vakolatli vakillari tomonidan imzolangan taqdirda amal qiladi. Bu holda taraflarning vakolatli vakillari tegishli tarafning Ustavi (boshqa ta’sis hujjati) asosida harakat qiluvchi shaxslar, shuningdek o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida harakat qiluvchi shaxslar hisoblanadi.
  • 9.2. Tomonlar oferta/shartnomani (shartnomani bajarish) butunlay bir tomonlama bekor qilish huquqiga egadirlar.
  • 9.3. Taraflar shartnomadan qisman bir tomonlama voz kechishga (shartnomani bajarishga) haqli emas.
  • 9.4. Tomonlar kelishuvni imzolagandan so‘ng, u bo‘yicha barcha dastlabki muzokaralar, yozishmalar va dastlabki kelishuvlar yuridik kuchga ega bo‘lmaydi.

10. BOShQA QOIDA VA SHARTLAR

  • 12.1. Ushbu Ommaviy oferta/Shartnoma O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq boshqariladi va sharhlanadi. Shartnomada ko‘rsatilmagan munosabatlarda tomonlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asoslanadi.
  • 12.2. Mazkur Ommaviy oferta Platformada yoki OAVda e’lon qilingan kundan boshlab, 5 (besh) kun o‘tganidan so‘ng, kuchga kiradi.