Platforma haqida

“Obuna” elektron platformasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 27-iyundagi “Ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash va jurnalistika sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–294-son Qaroriga asosan ishlab chiqilgan

 “Obuna” Yagona elektron platformasining maqsad va vazifasi:

−     aholiga gazeta va jurnallar sotib olish va ularga obuna bo‘lishda yengillik yaratish;

−     davriy bosma nashrlar, kitob, gazeta, jurnal va boshqa matbaa mahsulotlariga obunachilar sonini oshirish;

−     tahririyatlar uchun matbaa mahsulotlari tirajini oldindan prognoz qilish imkoniyatini yaratish;

−     obunachilarga qo‘shimcha imtiyozlar berish, ya’ni matbaa mahsuloti turiga qarab keshbek qaytarish;

−     milliy matbaa mahsulotlari elektron katalogini shakllantirish va uni ommaga keng targ‘ib etish orqali milliy matbaa mahsulotlariga bo‘lgan talabni oshirish.

Platforma – davriy bosma nashrlar, kitob va boshqa matbaa mahsulotlariga masofadan turib elektron tarzda obuna tashkil etish uchun ishlab chiqilgan hamda boshqa vazirlik va idoralarning axborot tizimlari, shuningdek, to‘lov tizimi operatorlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalangan holda ishlash uchun mo‘ljallangan.

Obunachi – Platformada obuna xizmatlaridan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxs.

Shaxsiy kabinet – Platformada obuna xizmatlaridan foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tgan jismoniy shaxsga ochiladigan, faqat o‘zi kirishi mumkin bo‘lgan shaxsiy sahifa.